So'nggi yangiliklar 03.07.2019 125

UCH NAFAR O‘QUVCHIMIZ SOVRINDOR

Festival-tanlov

Toshkent shahrida “Ijodkor bolalar” festival-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovning quyi bosqichlarida 7,4 mingdan ortiq “Barkamol avlod” bolalar markazlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari yog‘och o‘ymakorligi, libos dizayni, avtomodel, robototexnika, ekodizayn, landshaft dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha 1200 yaqin ijodiy ishlari bilan qatnashdi.

Finalda esa hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 84 nafar o‘quvchining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yakunda 6 yo‘nalish bo‘yicha 18 o‘quvchi 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblariga aylandi. Ular orasida viloyatimizdan ham 3 nafar o‘quvchi bor.

Jumladan, “Landshaft dizayni” yo‘nalishida Shahrisabz tumanidan Nosir Ixtiyorov 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Ekodizayn” yo‘nalishida kitoblik Dilnura Hamzayeva ikkinchi, “Robototexnika” yo‘nalishida esa nishonlik Samandar Qamariddinov 3-bo‘ldi.

J.BOYMURODOV