Ma'naviyat 07.06.2019 142

UMIDJONDAN ONASINING UMIDI KATTA

Yoshlar oyligi

Endigina besh yoshga to‘lgan Umidjon kamqonlik kasalligiga chalingan. Farzandiga ham ota, ham ona bo‘lgan Dilfuza opaning o‘g‘lidan umidlari katta. Yaxshilar ko‘magi va ozgina e’tibor sabab kundan kunga sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgarmoqda.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan respublikamiz bo‘ylab iyun oyi - "Yoshlar oyligi" doirasida o‘tkazilayotgan "Mehr ulashib" loyihasi asosida Kasbi tuman bolalar shifoxonasida davolanayotgan Umidjon kabi 35 nafar bemor bolalarga shirinliklar, o‘quv qurollari, sovg‘a-salomlar hamda zarur dori-darmonlar hadya qilindi.

Ta’kidlash joiz, "Yoshlar oyligi" doirasida iyun oyi davomida shahar va tumanlarda o‘nlab loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, ochiq muloqotlar, sport musobaqalari va ijtimoiy aksiyalar o‘tkazilmoqda. Bunday tadbirlarda imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va uyushmagan yoshlar ishtirok etayapti, ular uchun mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Islombek AHMATOV,

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot kotibi