So'nggi yangiliklar 25.12.2018 74

VATANPARVARLIK SABOQLARI

Taassurot

VATANPARVARLIK SABOQLARI

Bugun Qurolli Kuchlarimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tayotgan qator tadbirlarimiz yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Xususan, tashkilotimiz vakillari hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug mutasaddilari bilan hamkorlikda harbiylar va ularning oilalari ishtirokida "Oilada farzand tarbiyasi va kitobxonlikni rivojlantirish" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotir. 

Qarshi shahridagi "Vatanparvar bog‘i"da O‘zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy, balki barcha sohalarda himoya qilishga tayyor turish hamda Qurolli Kuchlarimizning qudratini hayotiy misollar va ta’sirchan ko‘rgazmali vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borishga alohida e’tibor qaratilgan. 15 dekabrdan boshlangan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida mazkur bog‘da "Vatan - muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talaba yoshlari uchun ma’naviyat darslari o‘tkazilayapti. Bundan tashqari, "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi, mahalla yoshlari o‘rtasida esa "Yoshlar o‘rtasida armiyaning o‘rni", "Men ham harbiy bo‘laman" mavzusiga bag‘ishlangan sport musobaqalari ham yorqin taassurotlarga boy bo‘layapti.

                     Latif QAMBAROV,

Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassisi