Ma'naviyat 10.09.2019 27

VILOYAT IIB QOSHIDA ZAMONAVIY KITOBLAR UYI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Ezgu tashabbus asosida

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tashabbusi bilan ish boshlagan, "Dor ul-kutub" deb nomlangan ushbu kitoblar uyining tantanali ochilish marosimi tizim vakil va faxriylari, jamoatchilik va yoshlar ishtirokida o‘tdi.

Barpo etilishiga 200 million so‘m mablag‘ sarflangan, 4 mingdan ziyod badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlangan mazkur maskan "Kitob dunyosi" savdo tarmoqlari markazining vazirlik bilan hamkorlikdagi o‘n birinchi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi uchinchisidir. Bungacha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati IIB qoshida shunday muassasa ish boshlagan.

Kitoblar uyi ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga, boshqa qiziquvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, ayni paytda bu yerda 12 xodim faoliyat ko‘rsatmoqda, ular kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bilan birga ta’lim muassasalarida kitob targ‘ibotini olib borishi ham maqsad qilingan.

NASRIDDIN

Suratlarda: kitoblar uyi ochilish marosimi va   faoliyatidan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.