Yilnoma 06.03.2017 828

VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASINING VIRTUAL QABULXONASI ISHGA TUSHDI

2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASINING VIRTUAL QABULXONASI ISHGA TUSHDI

Xalq bilan muloqotning samarali usuliga aylangan virtual qabulxonalar aholi murojaatlarining tez va sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bu boradagi  ishlar ko‘lami va sifatini oshirdi. Barcha vazirlik va idoralar, ularning quyi bo‘g‘inlari rahbarlari qatori viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining ham virtual qabulxonasi ochildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining www.qashqadaryovxtb.uz rasmiy veb-saytida ochilgan virtual qabulxona sohada faoliyat yurituvchilarning  murojaat, shikoyat va takliflari bilan tanishish, ularga yechim topish hamda aholini qiziqtirgan savollarga javob berishda yengillik va qulayliklar yaratadi.

Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Murojaatlar o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala alohida va tushunarli tarzda yo‘llanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayni vaqtda boshqarmada murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Vohadoshlarimiz tomonidan ko‘tarilayotgan har bir masala boshqarma majlislarida muntazam muhokama qilinmoqda va hal etilmoqda.

N.XO‘JAYEV