Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

Viloyat hokimining

QARORI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq

QAROR QILAMAN:

1. Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 2018-yil 19-avgust kuni soat 14:00 da Qarshi shahrida viloyat hokimligining kichik majlislar zaliga chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

 Aholining sog‘lom ovqatlanishi va sog‘lom turmush tarzini yuritish borasida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalari, jamoat va boshqa davlat tashkilotlarining faoliyatini o‘rganish yakunlari to‘g‘risida.

Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi tibbiyot muassasalarida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rganish yakunlari to‘g‘risida.

Boshqa masalalar.

Viloyat hokimi Z.Ruziyev

Qarshi shahri, 2018-yil 15-avgust