Madaniyat 15.11.2018 155

“XORIJLIK KELIN YOXUD BUXOROCHA TO‘Y QILAMAN”

Teatr

“XORIJLIK KELIN YOXUD BUXOROCHA TO‘Y QILAMAN”

Shu kunlarda Buxoro viloyati musiqali drama teatri jamoasining viloyatimizga gastrol safari davom etmoqda.

Teatr jamoasi viloyat musiqali drama  teatri binosida Zulxumor Soliyeva asari asosida sahnalashtirilgan “Xorijlik kelin yoxud Buxorocha to‘y qilaman”  spektaklini  namoyish etmoqda.

Ilm yo‘lini tutib, xorijda tahsil olayotgan zamonaviy o‘zbek qizi... U o‘zining karyera borasidagi ulug‘vor orzulari osmonida uchib yuribdi. Biroq uni hali oldinda o‘zi o‘qiyotgan oliy o‘quv yurtidan tashqari katta maktab va dorilfunun saboqlari ham kutib turibdi. Bu albatta, ro‘zg‘or maktabi va oila dorilfununidir. Spektakl mana shu hayotiy voqealar bilan boshlanadi. Unda vatanparvarlik va  xalqimizning benazir qadriyatlari o‘ziga xos mahorat bilan tarannum etiladi.

Rejissor Gulruh Nadjidova tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda asosiy rollarni teatrning iqtidorli aktyorlari Ro‘zigul Qandova, Turob Jumayev, Olima Po‘latova, Mahtob Hasanova, Rahim Ergashev, Jamila Shodmonova, Rustam Rahmatov ijro etishgan.

A.QOBILOV