Ma'naviyat 07.06.2019 42

YANGIOBOD QISHLOG‘IDA MAHALLA KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI

Tashabbus

Mirishkor tumanining Yangiobod qishlog‘idagi 15-o‘rta maktab qoshida O‘zMTDP tuman kengashi tashabbusi bilan mahalla kutubxonasi tashkil qilindi.

- Joriy yil boshida partiyamiz tomonidan Mirishkor tumanidagi axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, kitob do‘konlari  faoliyati o‘rganilib, ahvol qoniqarsiz ekanligi qayd etilgan edi, - deydi O‘zMTDP viloyat kengashi matbuot kotibi Shahnoza Qahhorzoda. - Shundan so‘ng, ushbu masala partiyaning tuman kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilib, bu borada tegishli qaror qabul qilingandi. Yangiobod qishlog‘ida mahalla kutubxonasining tashkil etilishi ushbu qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarning biridir.

Kutubxonada kitobxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu esa aholi, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan ishtiyoqi oshishiga xizmat qiladi.

Gulnoza XOLMURODOVA,

O‘zMTDP faoli