Ta'lim 09.07.2019 23

YOSH TADBIRKOR KITOB DO‘KONI OCHDI

Prezidentning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusi ijrosi doirasida yosh tadbirkor Zuhriddin Safarov o‘zi rahbarligidagi "Safarov Zuhriddin" MCHJ  qoshida 3000 ga yaqin kitob fondiga ega do‘kon ochdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qamashi tuman kengashi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi  tuman filiali ko‘magi bilan hududda faoliyat boshlagan "Kitob olami" nomli ziyo maskanida kitobsevarlar uchun qulay  sharoitlar muhayyo. Xususan, do‘konda kitob o‘qish uchun maxsus joy, ijaraga kitob olish xizmatlari tashkil etilgan. Endilikda muntazam ravishda kitoblar sonini oshirib borishni reja qilgan tadbirkor ushbu faoliyat ortidan hozircha 3 nafar yoshni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar