So'nggi yangiliklar 21.05.2019 116

YOSHLAR QONUNCHILIKNI QAY DARAJADA BILADI?

Tanlov

Qarshi shahar madaniyat va aholi dam olish markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Yoshlar va qonun" tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, adliya, xalq ta’limi boshqarmalari, sud organlari va boshqa tashkilotlar hamkorligidagi tadbir Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida o‘tkazildi. Unda yoshlar "Sud majlislari", "Huquqiy savol-javob", "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan videorolik taqdimoti", "Huquqingni angla" mavzulari doirasida o‘zaro bellashdilar. G‘oliblik esa Qarshi shahridagi 4-maktab jamoasiga nasib etdi. Ular endi iyun oyida tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Tanlov doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plamlari huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

S.ALLAYOROVA