So'nggi yangiliklar 30.05.2019 38

YOSHLAR UCHUN BAXTLI HAYOT

Davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 tashabbus doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan “Yoshlar uchun baxtli hayot” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Nishon tumanidagi agroiqtisodiyot kollejida yoshlar, pedagoglar, deputatlar ishtirokida o‘tgan tadbirda ham yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib etish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.  Yoshlar duch kelayotgan muammolar yechimi xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya guruhi orqali nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Badiiy chiqishlarda faol qatnashgan yoshlarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. O‘z navbatida o‘g‘il-qizlar shaxmat-shashka, stol tennisi va voleybol musobaqalarida ham bellashishdi.

Muzaffar TUROPOV

O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi o‘rinbosari.