So'nggi yangiliklar 28.06.2019 31

YUGURISH – SALOMATLIK SARI YETAKLAYDI

Marafon

Qarshi shahrida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida marafon  o‘tkazildi.

Musobaqada 1000 nafarga yaqin kishi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatidan viloyat hokimligi binosi oldigacha bo‘lgan masofaga yugurib keldi.

Qizlar o‘rtasidagi musobaqada birinchilik Muhabbat Hamidova, Maysara Yusupova va Shohida Saidmurodovaga nasib etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida qizg‘in kechgan bellashuvda Islombek Rahimov, Shahzod Mahmudov hamda Lutfulla Maxmatqulov barchadan oldin marraga yetib kelishdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

                                                                   S.ALLAYOROVA