So'nggi yangiliklar 25.06.2019 244

"ZIYO CHASHMALARI" YANGI QIYOFADA

Ochilish marosimi

Shahrisabz tumani Loliston mahallasidagi 1953-yilda qurilgan "Ziyo chashmalari" oromgohi 17,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga  rekonstruksiya qilinib, mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.

Viloyat kasaba uyushma tashkilotlariga qarashli ushbu oromgoh hududi 7 gektardan ortiqni tashkil etib, uning bino-inshootlari ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi.

- Muassasamiz har navbatda 300 o‘g‘il-qizning dam olishiga mo‘ljallangan, - deydi oromgoh rahbari Sobir Mo‘minov. - Eski, pastqam binolar o‘rnida zamonaviy korpuslar, 10x24 hajmdagi yangi suzish havzasi, ma’naviyat-ma’rifat markazi, amfiteatr, 350 o‘rinli oshxona, 6x6 metr o‘lchamli shaxmat doskasi hamda o‘yingohlar barpo etildi. Muassasa to‘liq zamonaviy, yangi jihozlar bilan ta’minlandi.

S.ALLAYOROVA