16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Dolzarb Olam

Elektr energiyasi yordamida hatto gipertovushli nishonni to‘zdiradigan yangi qurol sinovdan o‘tkaziladi

Yaponiya mudofaa vazirligi yaqin vaqtda, ishlab chiqaruvchilarining tasdiqlashicha, gipertovushli jangovar bloklarni urib tushirishi mumkin bo‘lgan elektromagnit relsli zambarakning to‘liq miqyosli prototipi sinovini o‘tkazishni rejalashtirayapti. Bu haqda Yomiuri gazetasi ma’lum qilgan.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, relsli zambarak yangi qurol bo‘lib, portlovchi modda va poroxsiz, elektr energiyasi yordamida aslahalarni katta tezlikda to‘zdirib yuborishi mumkin. Tezligidan tashqari, bunday qurol keng diapozon va yuqori aniqlikka ega. Shuning uchun undan havodagi istalgan nishon, jumladan, gipertovushli bloklarni yo‘q qilishda foydalansa bo‘ladi.

Elektromagnit relsli zambaraklar Aegis ko‘p maqsadli kuzatuv va nishonga olish tizimiga ega kemalarga o‘rnatilishi kutilmoqda.