Eri bilan ön ikki yil avval ajraşgan xitoylik ayol sobiq qaynonasiga ğamxörlik qilmoqda. Bu haqda South China Morning Post naşri yozgan.
Ilk nikohidan ikki nafar farzandi bölgan Lin hozirgi turmuş örtoği bilan Xenan viloyatida yaşaydi. 2024-yilda uning sobiq qaynotasi, ötgan yili esa birinçi turmuş örtoği vafot etgan. Şundan keyin sobiq qaynonasi qişloqda yolğiz yaşab qolgan. Nafaqaxör qariya, garçi unga ğamxörlik qilişga tayyor beş nafar farzandi bölsa-da, öz uyini tark etişni istamagan.
Biroq Lin uning yolğiz qolganidan xavotirlanib, öz uyiga köçib kelişni taklif qilgan. Dastlab sobiq qaynonasi bunga rozi bölmagan. U boşqalarga ortiqça taşviş bölişni istamagan. Ammo keyinçalik nevaralari yonida yaşaş imkoniyati uçun sobiq kelinining taklifini qabul qilgan.
Linning bu qarorini onasi va hozirgi turmuş örtoği ham qöllab-quvvatlagan. Uning özi esa qilgan işini tabiiy hol deb hisoblaydi. Ayolning fikriça, ajraşiş odamlar bir-biriga begona bölib qolişi kerakligini anglatmaydi. Bir vaqtlar körsatilgan yaxşilikka xuddi şunday javob qaytariş lozim.

