16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Dolzarb Olam

Qayta tizimlashtirish sabab minglab odamlar ishidan ayriladi

Panasonic Holdings Corporation dunyo bo‘yicha 10 mingga yaqin ish o‘rinlarini qisqartirish rejasi haqida e’lon qildi. Bu qadam kompaniya biznesini keng miqyosli qayta tizimlashtirishning bir qismi bo‘lib, umumiy xodimlar sonining 5 foizidan sal kamrog‘iga ta’sir qiladi. Bu haqda Kyodo News manbasi xabar tarqatgan.

Aytilishicha, elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi biznes samaradorligini oshirish uchun ishchi kuchini maqbullashtirishga intilmoqda. Oldinda turgan qayta tizimlashtirish munosabati bilan 895 million dollar atrofida bir martalik xarajatlar kutilayapti.

Kompaniya rahbariyati joriy vaziyat uchun mas’uliyatni tan olgan. Subyekt prezidenti Yuki Kusumi zaruriy qisqartirishlardan afsusdaligini bildirib, xodimlar mehnati unumdorligini oshirishga harakat qilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u o‘zining pul mukofotlaridan 40 foizini qaytarishi xabar qilinmoqda.

Kompaniya olib borilayotgan islohotlar doirasida 2028-moliya yilida foydani   2 milliard dollardan ortiqqa oshirishni ko‘zda tutgan.