16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Salomatlik

Pul ilinjida yuzlab odamlarga soxta tashxis qo‘ygan shifokor qamaldi

Texas (AQSH)lik shifokor ko‘rikka kelgan sog‘lom kishilarga surunkali kasalliklar tashxisini qo‘ygani uchun qamoq jazosi oldi, deb yozadi Oddity Central manbasi.

68 yoshli revmatolog Xorxe Zamora-Kesada sog‘-liqni saqlash sohasidagi firibgarlik sxemasida ishtirok etgani uchun  10 yilga kesilgan. Shifokor o‘z qabulida bo‘lgan yuzlab odamlarga aslida zarur bo‘lmagan qimmat va xavfli muolajalarni tayinlash uchun bo‘g‘imlar yallig‘lanishiga oid surunkali kasalliklar tashxisini yolg‘ondan qo‘yib, ularni aldagan.

 Uning bu harakatlari moliyaviy foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, firibgarlik natijasida 30 million dollarga yaqin pul ishlagan. Shu yo‘l bilan topilgan boylik ortidan shifokor hashamatli turmush tarzini qurgan: u 13 ta ko‘chmas mulk, shaxsiy samolyot va qimmatbaho avtomobil sotib olgan.

Sud jarayonida boshqa revmatolog mutaxassislar avval aynan Xorxe Zamora-Kesada tomonidan bo‘g‘imlar yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan yuzlab kishilarni ko‘rikdan o‘tkazganliklari haqida guvohlik berishgan. Ammo ularning hech biri aytilgan kasallikdan aziyat chekmagan. Shunga qaramay, ulardan ko‘pchiligiga jiddiy yondosh ta’sirni keltirib chiqaruvchi kuchli dorilar buyurilgan.

Sud shifokor harakatlarini o‘ta ketgan shafqatsizlik va g‘arazli deb topgan. O‘z jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilinganidan tashqari, unga firibgarlik yo‘li bilan orttirgan 28 million dollarni qaytarish majburiyati ham yuklangan.