16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Salomatlik

Qashqadaryoda yana ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

Mamlakatimizda xirurgiya xizmatini yanada takomillashtirish, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish, tashxislash, operatsiya qilish va davolash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.

Tibbiyot va islohot

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida viloyatda ilk marta o‘tkazilgan ikki turdagi – 45 yoshli ayolda laparoskopik orqa krurorafiya, Nissen bo‘yicha fundoplikatsiya, bachadon chap ortiqlari bilan ekstirpatsiyasi hamda 69 yoshli erkakda sun’iy protez yordamida qorin aortasi va son arteriyalarini bifurkatsion shuntlash jarrohlik amaliyotlari ham sohadagi islohotlarning yorqin bir mevasidir. Bu operatsiyalar bir martaning o‘zida bir nechta amaliyotni amalga oshirishga qaratilgani bilan ham o‘ta murakkab hisoblanadi.

Operatsiyalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy markazi shifokorlari A.Hakimov va A.Madraimov hamkorligida filialning 5 nafar mutaxassisi ishtirokida  muvaffaqiyatli bajarildi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda viloyat tibbiyot tashkilotlarida bajarilgan yuqori texnologik amaliyotlar soni 8 mingtadan oshgan bo‘lsa, shuning mingga yaqini  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali hissasiga to‘g‘ri keladi.

SH.BOZOROVA