16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

“Jahannam darvozasi” shu’lasi so‘nmoqda

Turkmaniston «Jahannam darvozasi» nomi bilan mashhur gaz kraterini so‘ndirish bo‘yicha ishlar oldinga siljiganini e’lon qildi. 1971-yildan buyon uzluksiz yonib turgan ushbu tabiiy obyekt mahalliy energetiklar sa’y-harakatlari bilan va nihoyat o‘z bosim kuchini yo‘qota boshladi, deyiladi hukumat saytidagi xabarda.

«Turkmangaz» davlat kompaniyasi rahbari Irina Luryeva so‘zlariga ko‘ra, yong‘in intensivligi uch baravarga pasaygan.

«Agar avvallari gaz krateri shu’lasi bir necha kilometrlardan ham ko‘rinib turgan bo‘lsa, hozir faqat kuchsiz yong‘in manbasi qoldi», degan u Ashxobodda o‘tgan ekologiya forumida.  

Qoraqum cho‘lida joylashgan va sovet geologlari tomonidan quduq burg‘ilash jarayonida tasodifan alangalangan «Jahannam darvozasi»dan atmosferaga bir necha o‘n yillar davomida juda katta hajmdagi metan – eng xavfli issiqxona gazlaridan biri chiqarib yuborilgan. Biroq, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, krater atrofida undan chiqayotgan tabiiy resursni tutib qolish uchun maxsus quduqlar qazilgan va bu alangani sezilarli darajada pasaytirish imkonini bergan.