16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Imzosi uchun sotilgan tovarlar mo‘may daromad keltirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z imzosi tushirilgan tovarlar sotuvidan 600 million dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab topgan. Bu ma’lumot siyosatchining Oq uy tomonidan e’lon qilingan moliyaviy deklaratsiyacida aks etgan.

Amerika lideri 2024-yilda o‘g‘illari Erik va kichik Donald Tramplar boshqaruvidagi World Liberty Financial kripto loyihasidan 57 million dollardan ortiq miqdorda daromad olgan.

Shuningdek, u Save America kitobi sotuvidan 3 million, soatlar sotuvidan 2,8 million, sport oyoq kiyimlari va pardoz mahsulotlari sotuvidan 2,5 million, Bibliya nashrlaridan 1,3 million va gitaralar sotuvidan 1 million dollardan ko‘proq pul ishlab olgan.