16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Ikki mamlakat orasidagi tinchlik – milliy xavfsizlikni mustahkamlashning eng real yo‘li

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon mas’ullarni shimolliklar bilan faol aloqalar tiklanishini tezlashtirishga chaqirdi.  Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma’lum qilgan.

«Biz Janub va Shimol o‘rtasidagi yomonlashgan o‘zaro munosabatlarni tiklash uchun harakat qilishimiz kerak», degan u prezident lavozimiga kirishganidan keyingi ilk milliy xavfsizlik kengashi majlisida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat orasidagi tinchlik – milliy xavfsizlikni mustahkamlashning eng real yo‘li hisoblanadi.

Avvalroq Li Chje Myon Koreya Respublikasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan tinch birlashuvga intilishi kerakligini aytgandi. U konstitutsiyada yutib yuborish emas, tinch birlashuvga intilish haqida yozilganini eslatgan va boshqa variant katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.