16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

G‘arbda fuqarolar urushi ehtimoli bormi?

Keyingi besh yilda Yevropada fuqarolar urushi ehtimoli 95 foizga yetadi. Bu haqda britaniyalik professor Devid Bets Military Strategy Magazine jurnalida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqishi ehtimoli Buyuk Britaniya va Fransiyada eng yuqori. Professor ayrim yirik shaharlar allaqachon «yovvoyi» holatiga o‘tganini qayd etgan.

«Ko‘pgina G‘arb shaharlari allaqachon shu tasnifga mos keladi» degan u.

 Devid Betsning tushuntirishicha, bu fikr mohiyati ba’zi megapolislar shahar hukumatlari allaqachon qonun ustuvorligini ta’minlashga qodir emasligi bilan ifodalanadi. «Siyosiy korrupsiya»ning o‘sishi, sanoatning qulashi, shuningdek, xususiy qo‘riqlash idoralarining ko‘payishi kabi ko‘plab omillar shunga olib kelishi mumkin. 

Professor Britaniyada hayotni ta’min qilishning hal qiluvchi tizimi qishloq joylarida joylashgani va juda zaifligini qo‘shimcha qilgan.