Janubiy Koreyada jinoyatchilik darajasini pasaytirish uchun haqiqiysiga mos o‘lchamlardagi gologramma politsiyachi ish boshladi, deya xabar bergan Oddity Cenrtal manbasi.
Seuldagi Szyudun parkida har kuni o‘tkinchilarga kuzatuv kameralari va huquq-tartibot xodimlari favqulodda holatlarda tezkor javob qaytarishga tayyorligi haqida eslatib turuvchi real o‘lchamdagi gologramma politsiyachi paydo bo‘ladi.
Texnologiya o‘tgan yili oktabrdan eksperiment tariqasida qo‘llanila boshlagan va politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon sezilarli natija berdi – park radiusida sodir etilgan jinoyatlar soni qariyb 22 foizga kamaygan. Politsiya uchastkasi boshlig‘i Chjunbu An Don Xyon ishlanma fuqarolarda xavfsizlik hissini oshirishi va profilaktik ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
Gologramma politsiyachi jinoyatchilarni tutish qobiliyatiga ega bo‘lmasa-da, huquq-tartibot idoralari uni tiyib turishning samarali vositasi sanamoqda.

