16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Madaniyat

“Zanjir” seriali ssenariysini qashqadaryolik yozuvchi yozgan(mi?)

2000-yillar boshida mashhur bo‘lgan, jinoyatchilik va unga qarshi kurash aks etgan «Zanjir» seriali ssenariysi adib Mirzapo‘lat Toshpo‘latov qalamiga mansub.

Yozuvchi 1950-yilda Qarshi tumanidagi Dasht Fayzobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan. «O‘zbektelefilm» studiyasida, «G‘afur G‘ulom» nashriyotida, 1997-yildan 2000-yilgacha esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining targ‘ibot markazi direktori o‘rinbosari va direktori vazifasida, «Yozuvchi» gazetasi bosh muharriri va boshqa ko‘p tashkilotlarda mehnat qilgan.

Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning «Yurakdagi sir» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1977-yilda chop etilgan, undan keyin «Beorom to‘lqinlar» (1981), «Baxt yulduzi» (1985), «Oyni axtarayotgan bola» asarlari asosida film suratga olinadi. 2005 yilda «Sanam tog‘idagi gulxan» asari nashr etildi. 1989 yilda «Gunoh», «Tavba» filmlari, 1990 yilda «Zanjir» teleseriali tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. «Muallim» (2003), «Muzaffar» (2000), «Baxt ovi» (2014), «Sarob» (2015), «Sadoqat» filmlari (2016), shuningdek, «Sanam tog‘idagi gulxan», «Tandir» (2016) tarixiy qissasi Mirzapo‘lat Toshpo‘latov ijodida salmoqli o‘rin tutadi.

B.SAYFIYEV tayyorladi.