16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

Polyak generali Anders jangchilari Beshkentga qanday kelib qolgan?

Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘pgina polyaklar O‘zbekistonga, jumladan, Beshkentga ham kelib qolgan.

Qashqadaryoga oid

Tarixdan ma’lumki, 1939-yilda Germaniya Polshaga hujum qiladi va qisqa muddatda bosib oladi. Bir qism polyak askar va ofitserlari Ittifoq chegarasiga qochib o‘tadi. 1941-yil esa Germaniya sobiq ittifoq hududiga hujum qiladi. Polyaklar barcha respublikalarga, jumladan,  2 mingdan ortiq polyak O‘zbekiston hududiga keladi.

General Anders 1892-yilda Varshavada tug‘ilgan bo‘lib, urushda yaralanib, Moskvadagi Lubyanka qamoqxonasiga o‘tkazilgan. Keyin u O‘zbekistonga jo‘natilgan.

Barcha polyak askar va zobitlarini O‘zbekiston orqali Eronga, so‘ng esa Yevropaga chiqib, o‘z yurtiga jo‘natish ko‘zda tutiladi. Biroq qahraton qish faslida polyaklarning asosiy qismi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, G‘uzor, Yakkabog‘ tumanlarida qolib ketadi.

Faxriy jurnalist Polvon To‘liyevning bildirishicha, Beshkentda yashab qolgan polyak jangchilarining qabri bugungi kunda Xitoykenti qabristonida joylashgan.

BEKZOD tayyorladi.