16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Salomatlik

Qarishga qarshi preparat tajriba qilindi

Xitoylik tadqiqotchilar guruhi organizmning qarish jarayonini sekinlashtiradigan eksperimental ukolni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Ish natijalari Cell jurnalida chop etilgan.

Yaratilgan preparat immunitet tizimini faollashtirib, uni qarigan hujayralarni yo‘q qilishga yo‘naltiradi. Gap bo‘linish qobiliyatini yo‘qotgan, ammo hamon saqlanib qolgan yoki to‘qimalarda to‘planib, ular ishini buzadigan hujayralar haqida ketmoqda. Tanaga qarish belgilariga bardoshli genetik modifikatsiya qilingan ildiz hujayralarining kiritilishi aniq yoshartiruvchi ta’sirga erishish imkonini bergan.

Tadqiqot mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, 12 haftalik sinov davomida miya, xotira, mushak to‘qimalari, reproduktiv funksiya va qator ichki a’zolar holatining yaxshilangani qayd etildi. Shuningdek, tashqi ko‘rinishdagi qarishga qarshi ta’sir ham kuzatilgan: eksperiment ishtirokchilarida teri va sochlarning tiklanishi belgilari namoyon bo‘lgan. Olimlar bu natijalarni taxminan yetti yilga «yosharish»ga teng deya baholashgan.

Ularning ta’kidlashicha, ish dastlabki bosqichda turibdi, ushbu yondashuvning samardorligi va xavfsizligini tasdiqlash uchun keng qamrovli klinik sinovlar zarur bo‘ladi.