16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

O‘qituvchi er-xotin ishidan ketmaslik uchun bolasidan kechdi

Hindistonda oila uch nafardan ortiq farzandli bo‘lishni taqiqlovchi qonun tufayli o‘z bolasidan qutulishga urindi. Bu haqdagi ma’lumotlarni Tribune India manbasi keltirgan.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqdan voz kechish voqeasi tasodifiy o‘tkinchi o‘rmonda bola yig‘layotganini eshitib qolgani ortidan oshkor bo‘lgan. U darhol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgani natijasida jabrlanuvchini qutqarishga erishilgan.

«Chaqaloq birinchi yordam ko‘rsatish uchun mahalliy tibbiyot markaziga olib borilgan, keyin esa tuman shifoxonasiga davolanishga jo‘natilgan», deyiladi xabarda.

Keyinroq o‘qituvchi er-xotin qo‘lga olingan. Ularning tushuntirishicha, oilada to‘rtinchi bola tug‘ilgach, ishlaridan ayrilishdan qo‘rqishgan. Erkak o‘g‘lini o‘zi borib, o‘rmondagi tosh ostida qoldirganini tan olgan.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  ota-ona qamoqqa tashlangan.