Qariyb 3000 metr balandlikda joylashgan Tibet platosi ulkan toza energiya tarmog‘ini qurish uchun maydonga aylandi. Xitoyning ushbu hududida deyarli 420 kvadrat kilometr yer to‘liq quyosh panellari va shamol generatorlari bilan qoplangan, deya xabar bergan The New York Times nashri.
Bu keng qamrovli loyiha nafaqat Quyosh yordamida elektr energiyasi hosil qilish parki, balki tizmalardagi shamol turbinalari, shuningdek, daralardagi gidroelektr stansiyalarni ham o‘z ichiga olgan. Ishlab chiqarilgan barcha energiya yuqori kuchlanishli liniyalar orqali 1600 kilometrdan ortiq masofaga uzatiladi.
Talatan quyosh parki nomi bilan mashhur asosiy majmua Sinxay provinsiyasi Gunxe uyezdida joylashgan va maydoni qariyb 420 kvadrat kilometrni egallagani uni dunyodagi eng yirikka aylantiradi.
Xitoy platoning noyob balandlik sharoitidan qayta tiklanuvchi arzon energiya ishlab chiqarish uchun foydalanib, nafaqat mahalliy iste’mol, jumladan, sun’iy intellekni rivojlantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ehtiyojlarini qondiradi, balki mamlakat import qilayotgan neft va gazdan voz kechishga ham yordam beradi.

