16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Iqtisodiyot

Endi Yevropa ham investorlar uchun xavfsiz emas

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari investitsiyalar uchun xavfsiz bo‘lishdan to‘xtadi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasida so‘z yuritilgan.

Qayd etilishicha, Yevropa davlatlari AQShning ehtimoliy sanksiyalaridan himoyalanish uchun Xitoy kapitali ishtirokidagi yirik sanoat korxonalarini milliylashtirish kampaniyasini boshladi. Bu harakatlar Yevroittifoqdagi xorijiy investitsiyalar xavfsizligiga tahdid soladi.

Manba Niderlandiya strategik muhim korxonani ekspropriatsiya qilish (majburan tortib olish)ni boshlagan birinchi mamlakat bo‘lganini ta’kidlagan. U yerda Xitoydagi Wingtech texnologiya kompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblangan yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi yirik subyekt milliylashtirilgan.

Endi Yevropa ham investorlar uchun xavfsiz emas. Tahlilchilarning tasdiqlashicha, ko‘plab investorlar nozik ma’lumotlarga yoki ixtisoslashgan ta’minot zanjiriga kirish huquqiga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish xavfini anglab yetishgan. Tadbirkorlar ularga tegishli korxona istalgan vaqtda tovon to‘lanmasdan milliylashtirilishi mumkinligini biladi.