16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

Kitobda tug‘ilgan finn haykaltaroshi

Taniqli fin haykaltaroshi, bronza va loydan yasalgan bir qancha haykallar muallifi, Rossiya va Finlyandiya Rassomlar uyushmasi a’zosi Rafael Jiganshevich Sayfullin 1952-yilda Kitob shahrida rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. 1979-yilda Leningrad oliy badiiy-sanoat bilim yurtini tamomlagan. 1992- yilgacha Leningrad viloyatidagi Kikerino hududida haykaltarosh bo‘lib faoliyat yuritgan.

Qashqadaryoga oid

1992-yildan beri Finlyandiyaning Kisko shahrida yashaydi, Finlyandiyada «Studio R» ekspozitsiyasi va ishchi ustaxonasiga ega.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rafael Sayfullin asarlari, birinchi navbatda, fikr-mulohazalarga cho‘mdirishi bilan ajralib turadi.

«Proletar», «Vener», «Shahar tarixi», «Baxt» nomli haykallari mashhur. Rossiya, Finlyandiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Aland orollarida 50 dan ortiq shaxsiy ko‘rgazmalar o‘tkazgan.

1987-yilda Rossiyadagi mashhur choy pavilyonida «Kikerinoga yo‘l» nomli g‘ayrioddiy go‘zal ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. 2012-yilda Finlyandiyaning Turku shahridagi Rossiya Bosh konsulligida «Monolog» ko‘rgazmasi tashkil etilgan. 2017- yilda Finlyandiya 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishlari namoyish etilgan.