Eron poytaxt Tehron aholisini evakuatsiya qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikka duch kelmoqda. Bu haqda Fransiyaning Le Monde gazetasi yozgan.
Joriy yilning kuzida mamlakatning qariyb yarmi – 31 ta viloyatdan 15 tasida hozircha yomg‘ir yog‘magan. Yog‘ingarchilik hech qachon kuzatilmagan darajada kam, oxirgi yuz yildagi eng kam miqdorga yaqinlashgan. Mamlakat hukumati suv tanqisligi tufayli tungi vaqtlarda ta’minotni o‘chirib qo‘yish tartibini joriy etgan.
Eronning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri Mashhadda hududni suv bilan ta’minlaydigan to‘rtta to‘g‘ondagi zaxiralar 3 foizgacha tushgan. Mamlakat prezidenti Masud Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, agar yil oxirigacha yomg‘ir yog‘masa, ehtimol, Tehron aholisini xavfsiz joylarga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi, deyiladi maqolada.

