16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Covid-19 asorati – qondagi noodatiy o‘zgarish aniqlandi

Koronavirusdan keyingi sindromga chalingan odamlar qonidan doimiy charchoq, diqqatning buzilishi va nafas olishdagi muammolarga aloqador g‘ayritabiiy yopishqoq mikrotromblar topildi. Bu borada olib borilgan tadqiqot natijalarini Journal of Medical Virology jurnali e’lon qilgan.

Olimlar ushbu mikrotromblar NET tuzilmalari – immun hujayralari patogenlarni ishg‘ol qilish uchun ajratadigan DNK va fermentlar tarmog‘i bilan zich birikuv hosil qilishini aniqlashgan. Bunday komplekslar koronavirusdan keyingi bemorlarda sog‘lom odamlarga nisbatan qariyb 20 marta ko‘proq uchraydi.

Batafsil tahlillar mikrotromblar aytilgan bemorlarda kattaroq, zichroq va parchalanishi qiyinligini ko‘rsatgan. Bu esa mayda tomirchalardagi qon oqimi maromini buzishi va organizmda davomiy yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Koronavirusdan keyingi sindromning doimiy kognitiv va jismoniy belgilari asosida shunday jarayon yotgan bo‘lishi ehtimol.

Olimlar mikrotromblar va NET tuzilmalar birikuvi koronavirusdan keyingi sindromning birinchi obyektiv biomarkeri bo‘lishi hamda yangi tashxislash va davolash usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkinligini taxmin qilmoqda.