16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Tashlab ketilgan seyfning yangi xo‘jayini millionerga aylandi

AQShda erkak 500 dollarga eski ombor shkafini sotib olib, uning ichidan 7,5 million dollar mablag‘i bo‘lgan seyfni topdi. Bu haqda Metro nashri xabar tarqatgan.

Voqea haqida auksionchi Den Dotson Storage Wars teleshousida gapirib bergan. U bir necha oy davomida ijara puli to‘lanmagan ombor shkaflari auksionini o‘tkazadi. Uning ichida nima saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligini hech kim oldindan bilmaydi.

Auksionchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p hollarda bunday saqlov bo‘lmalari bo‘sh bo‘ladi yoki aytarli buyumlar chiqmaydi. Biroq bu gal… Ichida katta miqdorda mablag‘ saqlangan seyf kimga tegishli bo‘lgani va uning sobiq egasi buncha pulni qayerdan topgani jumboqligicha qolgan. Ehtimol, u ko‘chib ketgan yoki qamoqqa tushib, ombor shkafi ijarasi uchun to‘lovlarni to‘xtatgan.