16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Byurokratiyaning iqtisodiyotga zarbasi

O‘tgan yili Germaniya iqtisodiyoti keragidan ortiq byurokratik bosim tufayli 63 milliard yevro yo‘qotdi. Bu haqda DPA agentligi federal statistika idorasi hisobotiga asoslanib xabar bergan. 

Aytilishicha, byurokratik jarayonlar bilan bog‘liq biznes yo‘qotishlari 2024- yildagi (66,6 milliard yevro)ga nisbatan kamayganiga qaramay, mamlakatda oldingiday korxona va jismoniy shaxslarga davlat idoralariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyatini yuklaydigan 12 ming 390 ta meyoriy hujjat amal qilmoqda. Ularning soni 2025-yilda undan avvalgi yildagiga nisbatan atigi 26 foizga kamaygan. 

Ma’lumotlar «Sara Vagenknext  ittifoqi – aql va adolat uchun» partiyasi so‘roviga javoban taqdim etilgan. Uning lideri Sara Vagenknext haddan ortiq byurokratiyani «iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq» deb atagan.

«Hukumat byurokratiya o‘rmonini siyraklashga va’da berdi. Shunga qaramay, taqdim etish talab qilinadigan ma’lumotnomalar soni rekord darajada qolmoqda. Bizga byurokratiyaga qarshi haqiqiy maydalagich kerak», degan siyosatchi.