Eron razvedka agentlari Hamadon, Luriston va Kerman viloyatlarida Isroil va Amerika maxsus xizmatlariga maxfiy ma’lumotlarni uzatishda gumon qilingan 30 kishini qo‘lga oldi.
Islom respublikasi razvedka vazirligining ma’lum qilishicha, «bu sotqinlardan 24 nafari Hamadon viloyatidagi harbiy, huquq-tartibot idoralari va kuch tuzilmalari obyektlari, shuningdek, qo‘riqchilar va harbiy texnikalar joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni dushmanga uzatgan. Yana to‘rt nafar xorijiy maxsus xizmatlarga yollangan shaxs Luriston viloyatida aniqlangan. Er-xotin sifatida o‘zini ko‘rsatgan ikki nafar terrorchi esa Kerman viloyatiga qurol olib kirishga uringan», deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan Starlink qurilmalari, o‘qotar va sovuq qurollar ham topilgan.

