16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Yangicha hayot tarzi ommalashmoqda

«Slow living» yoki «sekin yashash» – zamonaviy hayotdagi stress va tezkorlikka qarshi paydo bo‘lgan hayot tarzi. Odamlar turmush sifatini oshirish uchun kam ishlab, ko‘proq dam olish, tabiat bilan yaqin bo‘lish va ruhiy salomatlikka e’tibor qaratishga intilmoqda. Xalqaro institutlar tahlillari shuni ko‘rsatgan.

Ongli hayot – har bir ish va qaror chiqarishda xabardor, ongli bo‘lish, moslashuvchanlik hamda barqarorlik; minimalizm va kam iste’mol – moddiy buyumlarga emas, foydali va zarur narsalarga e’tibor berish; tabiat va ekologik ong – yashash muhitiga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiat bilan uyg‘unlikda hayot kechirish; ruhiy va jismoniy salomatlikka e’tibor – stress, depressiya va burnout (jismoniy va ruhiy kuch tugab, hech narsa qilishga xohish qolmagan) holatlarini kamaytirish uchun meditatsiya, mashqlar va sog‘lom odatlarga odatlanish ushbu konsepsiyaning asosiy elementlari sanaladi.

«Slow living» – bu endi faqat trend emas, balki zamonaviy insonning hayotga, moddiy va ma’naviy barqarorlikka munosabatini qayta ko‘rib chiqishidir. Bu insonning ruhiy va jismoniy salomatligini muhofaza qiladi va hayot sifatini oshiradi.

Shu bilan birga, «sekin yashash» iqtisodiy modellarga ham ta’sir qiladi: iste’mol pasayadi, minimalizm va ekologik ong kuchayadi.