16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Politsiyachi konslagerga jo‘natildi

Germaniyada sud 52 yoshli politsiya katta komissari Tomasga Aushvits-Birkenau (Osvensim) memorial majmuasini borib ko‘rish majburiyatini yukladi. Bu haqda Bild nashri xabar bergan.

Vaysvasser shahridagi okrug sudi politsiyachini konstitutsiyaga qarshi tashkilotlar targ‘ibot materiallarini tarqatganlikda ayblab, uni ekskursiyaga jo‘natdi.

Tomas ijtimoiy tarmoqlarga to‘rt ishchi va natsislar hujum bo‘linmasi shiori tushirilgan barelyef (tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma tasvir) joylagan. Yana unga o‘zi ham xuddi shu ruhdagi shior bilan izoh qoldirgan.

Politsiyachi sudda o‘ng qanot ekstremistlar tarafdori emasligi, so‘zlari esa tasodifan chiqib ketganini ta’kidlagan. Sudya ogohlantirish bilan cheklanib, unga Osvensimdagi yodgorlikni borib ko‘rish va bir yil ichida ushbu ekskursiyani tasdiqlovchi dalillarni sudga taqdim etish majburiyatini yuklagan. Agar Tomas bu shartlarni bajarmasa, 4,2 ming yevro jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.