16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

SIdan “xavfli darajada aniq” javoblar

2025-yil yozida chiqarilgan ChatGPT yangilanishidan keyin dunyoning turli mamlakatlaridagi yuzlab foydalanuvchilar chat-botdan biologik qurol va zaharli moddalar tayyorlashga oid batafsil ko‘rsatmalarni olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chat-bot ayrim savollarga bosqichma-bosqich yo‘riqnomalar taqdim etgan. OpenAI kompaniyasi mutaxassislarining aytishicha, ba’zi javoblar shunchalik sodda bayon etilganki, ularni biologiyani o‘rganayotgan o‘rta maktab o‘quvchisi ham tushunishi mumkin bo‘lgan. Bunday javoblar «xavfli darajada aniq» deb baholangan.

Nashrning yozishicha, keyinchalik OpenAI biologik qurol va zaharlar yaratish bo‘yicha savol bergan foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklagan.

Aytilishicha, 2026-yil boshida ayrim foydalanuvchilar ChatGPTdan patogen mikroorganizmlarni tarqatish, viruslarni o‘zgartirish hamda yuqori darajada zaharli moddalar yaratish usullari haqida ma’lumot olishga uringan va ayrim hollarda chat-bot bunday so‘rovlarga javob bergan.