
Quyosh panellari xonadon yoki biznesda elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi, ammo ularning o‘zi ochiq havoda joylashgan qimmatbaho mol-mulk hisoblanadi. Do‘l, kuchli shamol, yong‘in, chaqmoq yoki uchinchi shaxslarning harakatlari nafaqat uskunalarga, balki ular o‘rnatilgan tom, bino yoki xonalarga ham zarar yetkazishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchining kafolati odatda faqat zavod nuqsonlariga taalluqli bo‘ladi. U noqulay ob-havo, yong‘in, o‘g‘irlik yoki vandalizm kabilar oqibatida yetkazilgan zararni qoplamaydi. Shuning uchun egasi quyosh elektr tizimi va ko‘chmas mulkni alohida himoya qilishi muhim.
Quyosh panellarini sug‘urtalash nimalarga yetgan zararlarni qoplaydi?

EUROASIA Insurance polisi yagona sug‘urta summasi doirasida butun tizimga tatbiq etiladi:
quyosh panellari;
invertor;
akkumulyator;
kabellar va mahkamlagichlar.
Qoplama 12 ta xavfni o‘z ichiga oladi: kuchli shamol, kuchli qor yog‘ishi, do‘l, zilzila, suv toshqini, chaqmoq urishi, yer ko‘chishi, yong‘in, portlash, uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlari, transport vositasining urib ketishi va uchish apparatlarining qulab tushishi.

Masalan, qiymati 20 million so‘m bo‘lgan tizimni sug‘urtalash yiliga 300 ming so‘mni tashkil etadi.
Panellar ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan binoning tomi yoki devorlariga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Texnik hujjatlar, sertifikatlar va ishlab chiqaruvchining kafolatlari mavjud bo‘lishi lozim. Yerga o‘rnatilgan uskunalar alohida tartibda ko‘rib chiqiladi.
Мол-мулк суғуртаси нималарга етган зарарларни қоплайди?

Mol-mulk sug‘urtasi bino, inshoot yoki xonaning o‘zini himoya qiladi. Polis yong‘in, gaz portlashi, suv ta’siri, kuchli shamol, kuchli qor yog‘ishi, do‘l, chaqmoq, zilzila, yer ko‘chishi va uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlari oqibatida yetkazilgan, hujjatlar bilan tasdiqlangan zararni qoplashi mumkin.
Narxi kalkulyator bo‘yicha 25 ming so‘mdan boshlanadi va tanlangan sug‘urta summasi hamda obyekt parametrlariga bog‘liq. Polis bir yil amal qiladi, himoya esa to‘lov amalga oshirilganidan keyin sakkizinchi kundan boshlanadi.
Qachon har ikki polis ham kerak bo‘ladi?

Agar do‘l quyosh panellari va bino tomiga zarar yetkazsa, quyosh elektr tizimini sug‘urtalash uskunalarga yetkazilgan zararni, mol-mulk sug‘urtasi esa ko‘chmas mulkni tiklash xarajatlarini ko‘rib chiqadi.
Shuning uchun xonadon va biznes egalari ikki bosqichli himoyani tanlashi maqsadga muvofiq: quyosh panellari uchun polis va mol-mulk sug‘urtasi. Bu nafaqat energiya manbasini, balki butun tizim ishlashiga bog‘liq bo‘lgan obyektning o‘zini ham himoya qilishga yordam beradi.
Sug‘urta hodisasi yuz berganda 72 soat ichida EUROASIA Insurance kompaniyasiga xabar berish, zararni qayd etish va besh ish kunidan kechiktirmay yozma bildirishnoma yuborish kerak.
Google Play dasturi orqali EUROASIA Insurance mobil ilovasini yuklab oling va polisni onlayn rasmiylashtiring hamda bir yil davomida xavflardan himoyaga ega bo‘ling!

Sayt: eai.uz
Instagram: @eai.uz
Koll-markaz: 1147

