16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Sport

FIFA prezidenti “va’da”sini bajardi(mi?)

Marokash qirollik futbol federatsiyasi rahbari Fauzi Lekja 2030–yilgi Jahon chempionatining hal qiluvchi uchrashuvi yangi qurilayotgan «Hassan II» stadionida o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Efe agentligi yozgan.

«Bensliman viloyati 2030-yilgi Jahon chempionati finalini qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ladi», degan u.

Avgust oyida The Times nashri FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak saylovlarda uni qo‘llab-quvvatlash evaziga Marokashga Jahon chempionati finalini o‘tkazish huquqini va’da qilgani haqida xabar bergan edi. Biroq xalqaro futbol federatsiyasi bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytib, yakuniy qaror keyinroq qabul qilinishini bildirgan.

«Hassan II» stadioni Kasablanka shahri yaqinida qurilmoqda. Uning sig‘imi taxminan 115 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng stadion dunyodagi eng katta sig‘imli futbol arenasiga aylanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2030-yilgi Jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Saudiya Arabistoni esa 2034-yilgi mundialning yagona mezboni bo‘ladi.