Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel faoliyati davomidagi rasmiy tadbirlar vaqtida bir neça bor özini yomon his qilgani va tanasini titroq bosgani sababini tuşuntirdi. Magenta TV telekanaliga bergan intervyusida u bunday holatlar kuçli ruhiy zöriqiş va stress oqibatida yuzaga kelganini aytgan.
Siyosatçining ta’kidlaşiça, öşa paytda kansler organizmidagi bu reaksiyani biroz tanaffus qiliş zarurligi haqidagi ogohlantiriş sifatida qabul qilgan. Bu holat uning şaxsiy hayotidagi oğir keçinmalar va kasbiy faoliyati bilan boğliq katta bosimlar natijasida yuzaga kelgan.
«2019-yilda harbiylar iştirokidagi tantanali marosimlar paytida tanam titray boşlaganida, bu töplanib qolgan ruhiy zöriqişning çiqişi edi. Ehtimol, bu holat onamning vafoti, şuningdek, siyosatdan ketayotganimni anglaşim bilan boğliq bölgan», degan Angela Merkel.
Şu bilan birga, sobiq kansler hukumatdagi iş faoliyati davomida keskin tanaffus qiliş imkoniyati bölmaganini qayd etgan. Uning aytişiça, organizmi undan töxtaşni va dam olişni talab qilgan. Siyosatçi bunday holatlarda tanadagi signallarga quloq tutiş va zarur paytda tanaffus qiliş kerakligini ta’kidlagan.

