16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Salomatlik

TIBBIYOT TARAQQIYOTI – EL SALOMATLIGI KAFOLATI

8-noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni

Ayni paytda 3 million 800 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Qaşqadaryoda, ma’lumotlarga köra, 337 ta davlat va 778 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat körsatmoqda.

Xöş, ularda tibbiy xizmat körsatiş sifati va qamrovini oşiriş, yuqori texnologik operatsiyalarni kengaytiriş, kasalliklarni erta aniqlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, şart-şaroitlarni zamonaviylaştiriş borasida qanday natijalarga erişilayapti? Şu savol bilan viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Nizom QURBONOVga yuzlandik.

– Davlat tibbiyot muassasalarining 53 tasi statsionar xizmat körsatuvçi bölib, jami 9 ming 472 ta öringa ega, – deydi u. – Jumladan, 12 ta Respublika markazlari filiali, 17 ta viloyat va 36 ta tuman darajasidagi şifoxona, 232 ta ambulator muassasa aholi xizmatida. Ularda jami 55 ming 267 nafar tibbiyot xodimi mehnat qilmoqda. Şundan 5 ming 427 nafari şifokor, 33 ming 706 nafari örta tibbiyot xodimidir.

Joriy yilning olti oyi davomida viloyatda 3 ming 806 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Ötgan yilning mos davrida uşbu körsatkiç 2 ming 46 tani taşkil etgan edi. Demak, bu borada qariyb ikki barobar ösişga erişildi va, eng muhimi, ilgari ayrim murakkab taşxislaş va davolaş amaliyoti uçun poytaxt yoki  boşqa hududlarga borişga majbur bölgan bemorlar endi viloyatning özida ham yuqori malakali tibbiy yordam oliş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Xalq salomatligini ta’minlaşda kasallikni davolaş qançalik muhim bölsa, uning oldini oliş va erta aniqlaş ham şunçalik ahamiyatli. Şu nuqtai nazar bilan ötgan oylar davomida hududdagi 18 yoşdan 40 yoşgaça bölgan aholidan 649 ming 97 nafari profilaktik tibbiy körikdan ötkazildi. 40 yoşdan oşgan aholi örtasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlaş böyiça ham keng kölamli işlar olib borilmoqda. 440 ming 325 nafar aholi skrining tekşiruvlaridan ötkazilib, bu borada tasdiqlangan reja allaqaçon 95,7 foizga bajarildi.

Onkologik kasalliklarni erta aniqlaş borasida ham ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Ötgan yili 107 nafar bemorda onkologik kasalliklar ilk bosqiçda aniqlangan bölsa, 2026-yilning birinçi yarmida bu körsatkiç 121 nafarni taşkil etdi.

Şu yil mart oyidan boşlab Qaşqadaryoda reimbursatsiya dasturi joriy etildi. Uning doirasida poliklinikalar dispanser nazoratida turgan bemorlarga qator surunkali kasalliklardan davolaniş uçun 46 turdagi dori vositasi bepul taqdim etilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 ta kasallik turi böyiça dispanser röyxatida turgan 153 ming 745 nafar bemor uşbu dasturga qamrab olingan.

Prezidentning 2026-yil 17-fevraldagi «Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida»gi qaroriga muvofiq respublika böyiça ijtimoiy reyestrga kiritilgan 6 ming nafar bemorni soğlomlaştiriş belgilangan edi. Şundan 754 nafari Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri keladi. Soha xodimlari tomonidan har bir bemorning kasallik turi va salomatlik holatidan kelib çiqib, alohida reja-grafik işlab çiqilgan. Tegişli tibbiyot muassasalariga 764 nafar bemor yotqizilib, ularning 45 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ötkazildi.

Şuningdek, kambağal va ijtimoiy himoyaga muhtojlar qatlamiga mansub 293 ming 725 nafar fuqaroni tibbiy körikdan ötkaziş rejalaştirilgan bölib, amalda 294 ming 441 nafar aholi qamrab olindi. Tekşiruvlarda aniqlangan bemorlarning 30 ming 862 nafari ambulator, 2 ming 842 nafari esa statsionar şaroitda soğlomlaştirildi.

Sönggi yillarda soğliqni saqlaş tizimining barqaror rivojlanişida davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy sektorning ham örni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda viloyatda faoliyat körsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining 620 tasi ambulator, 158 tasi statsionar yönalişda 72 turdagi ixtisoslik böyiça aholiga tibbiy xizmat körsatmoqda. Ularda bir kunda 10 mingga yaqin aholiga taşxis, maslahat va davolaş xizmatlarini körsatiş imkoniyati hamda jami 5 ming 356 ta şifo örni mavjud.

Joriy yilning birinçi yarmida tadbirkorlik subyektlari tomonidan xususiy tibbiyot tizimida umumiy qiymati 200 milliard sömlik 50 ta yangi loyiha amalga oşirildi. 42 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyatga ruxsat beruvçi litsenziya oldi, mavjudlaridan 11 tasi esa öz işini kengaytirdi. Buning natijasida 300 dan ortiq yangi iş örni yaratildi.

Umuman, Qaşqadaryo tibbiyotining bugungi taraqqiyoti va kelajakdagi yuksalişi yölidagi har bir ezgu qadam, har bir yangilik va har bir fidoyi mehnat zamirida bitta uluğ maqsad mujassam: inson salomatligi ta’minlaş va qadrini uluğlaş!

Şohista BOZOROVA yozib oldi.