16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Dolzarb Ma’naviyat

21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Shavkat MIRZIYOYEV:

O‘zbekistonda 1989-yil  21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.