Bolalarda turli nuqtai nazarni ifodalovchi odamlar ishonchiga ergashib, yangi maslak shakllanishi mumkin. Ko‘rinishidan, sakkiz yoshlar chamasidagi o‘smirlar nafaqat ishonchliroq suhbatdoshlarga ko‘proq ishonishadi, balki, agar ikki manba bir xilda ishonchli chiqsa, qarama-qarshi ma’lumotlarni yangi oraliq variantga integratsiya qilishga qodirlar.
Developmental Science jurnalida natijalari e’lon qilingan tadqiqotda 5-10 yoshli 92 nafar bola qatnashgan. Ularga «maxluq – guvohlar»ga ega «detektiv» kompyuter o‘yini taklif etilgan. Bolalar yuqori yoki past darajadagi ishonchni ifoda etgan holda goh bir-birlari bilan kelishib, goh turli gumonlanuvchilarni aytishgan. Qatnashchilar to‘rt «maxluq»dan istaganini, jumladan, hech kim ko‘rsatmaganini tanlashi mumkin bo‘lgan.
Bir guvoh ishonchli gapirsa, barcha yoshdagi ishtirokchilar uning variantini ko‘proq tanlashgan. Biroq, agar ikkisi ham bir xil ishonch bilan bahslashsa, sakkiz yoshdan katta bolalar sezilarli darajada ko‘proq hech kim taklif etmagan «o‘rta» variantni tanlaganlar – bu ular pozitsiyalarni birlashtirganiga ishora. Kichiklar (5-7 yosh) bunday vaziyatda tasodifiy tanlashgan yoki taklif etilgan taxminlardan biriga suyanganlar.
Olimlarning fikricha, bu tanqidiy fikrlash rivojlanishining muhim bosqichini aks ettiradi: bolalar ma’lumotlarni passiv nusxalashdan ularni faol ravishda tushunishga o‘tishadi.

