16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Ajaldan avval kelgan omad

Avstraliyada yashovchi va shifokorlar tomonidan bir necha oy umr qolgani aytilgan erkak 772 ming dollar miqdoridagi lotereya mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda News manbasi xabar tarqatgan.

U milliy Lotterywest o‘yini g‘oliblaridan biriga aylangach, bu xabar unga bir vaqtning o‘zida ham quvonch, ham alam keltirganini aytgan. Erkak o‘zidan keyin oilasini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursand.

«Endi men yuzimda tabassum bilan ketishim mumkin», degan  u.

G‘olibning aytishicha, u deyarli o‘yinda qatnashmay qolishi mumkin edi: chiptani savdo yakunlanishiga atigi besh daqiqa qolganda sotib olgan.

Lotterywest vakili bu voqea lotereya o‘yini tashkilotchilarini chuqur ta’sirlantirganini qayd etib, pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsalar ham borligini yana bir bor eslatganini ta’kidlagan.