Аngliyalik er-xotin oʼz bogʼidan xazina topib, undagi tangalarni 500 ming dollarga sotdi, deya xabar tarqatgan Daily Mail manbasi.
Juftlik gulzordagi eski toʼsiq uchun ustunni kavlab olayotgan vaqtida xazina chiqqan. Ular loy tuproq ichidan oʼnlab gardishi dumaloq narsalarni topib olishgan. Topilmalarni yuvib, anglaganlarki, er-xotin qoʼlida ajoyib saqlangan va eng qadimgisi XV-XVI asrlarga oid oltin tangalar turibdi.
Ekspertlar taxminicha, umumiy qiymati XVI asrda butun boshli uy narxiga teng boʼlgan xazina Genrix VIII monastirlarni tarqatib yuborgan davrda boy ruhoniy tomonidan boyligini qirollik amaldorlaridan saqlab qolish uchun yashirilgan.
Juftlik maslahatlashib, tangalarni kim oshdi savdosida sotishgan va xazina uchun jami yarim million dollar ishlab olganlar. Ular auksion natijalaridan hayratga tushishganini yashirmagan.
Аuksionchi Devid Gest bitimni «ajoyib» deya izohlab, topilmalarning yakuniy bahosi savdodan oldingi dastlabki narxidan qariyb ikki barobar oshganini qayd etgan va «bogʼ uchastkasi uchun yomon natija emas», degan u kinoyali ohangda.

