16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Jamiyat

Elektron ta’lim nazariyasi bo‘yicha birinchi fan doktori

Ushbu maqomga respublikada birinchi bo‘lib erishgan olima Nasiba Qayumova asli Kitob tumanidan. 1990-1997–yillarda Qarshi shahridagi 4-maktabda matematika va informatika fani o‘qituvchisi, 1997-2009–yillarda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

Qashqadaryoga oid

2009-2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida kafedra mudiri, 2014-2016-yillarda axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2016-2019-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019-2021-yillarda Qarshi davlat universiteti informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan, 2021-yildan Qarshi davlat universitetining algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri.

Nasiba Qayumova 2008-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nomzodlik ishini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 darslik, 4 o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 10 uslubiy qo‘llanma, 8 ta elektron ta’lim resurslariga egalik guvohnomasi, mobil ilovalar, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. 2022-yilda «Elektron ta’lim muhitida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish» mavzusida fan doktorligi ilmiy ishini himoya qilgan. Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha respublikada birinchi fan doktori hisoblanadi.