Buyuk Britaniya qochqin maqomini vaqtinchalik qiladi va doimiy yashash huquqi uchun kutish muddatini 20 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda Independent nashri xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, qirollik ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud muhojirlarga boshpana berish tizimida «nazorat va adolatni tiklash»ga qaratilgan qonunchilik bo‘yicha o‘zgarishlarni taqdim etgan.
Bu o‘zgarishlar muhojirlarga oid qoidalar uchun oxirgi o‘n yillikdagi eng kattasi bo‘ladi va mamlakatda qochqin maqomini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi, deya ta’kidlagan vazir.
Unga ko‘ra, endi muhojirlar doimiy yashash huquqini avtomatik tarzda olmaydi. Maqom vaqtinchalik bo‘ladi va uni har ikki yarim yilda cho‘zdirish kerak.
Buyuk Britaniya o‘tgan yili xorijliklardan boshpana taqdim etish so‘roviga oid 108 mingta murojaat olgan.

