16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Olam

Erkak aliment to‘lashdan qochish uchun DNK testi natijalarini soxtalashtirdi

Buyuk britaniyalik Chelsi Miller uning Sheldon ismli fuqarolik eri 125 ming dollardan ortiqroq aliment pulini to‘lashdan qochish uchun laboratoriya xodimi yordami bilan otalikni aniqlash bo‘yicha testni soxtalashtirganini isbotlay oldi, deb yozadi Oddity Central manbasi.

Kelishmovchilik juftlikning o‘g‘li Lui tug‘ilganidan atigi uch kun o‘tib, ular ajrashganidan so‘ng avj olgan. Keyinroq SHeldon bolaning otasi ekanligini inkor qilib, DNK testi o‘tkazishni talab qila boshlagan. Otalikni aniqlash bo‘yicha tekshiruv manfiy natija ko‘rsatgani esa ayol uchun qattiq ruhiy zarba bo‘lgan.  Bu sudda inkor etib bo‘lmas isbot sanaladi, lekin Chelsi Miller ortga chekinmagan. U sobiq fuqarolik erining onasi Ketiga murojaat qilib, uni mustaqil laboratoriya tekshiruvi o‘tkazish uchun DNK namunasi topshirishga ko‘ndirgan. Shunday qilib, Lui Ketining nabirasi va bilvosita Sheldoning o‘g‘li ekanligi tasdiqlangan.

Yangi test otaning rejalarini barbod qilib, u natijalarni soxtalashtirishga kelishganini tan olgan. Dastlabki DNK tekshiruvini o‘tkazgan laboratoriyaning 38 yoshli Robert ismli xodimi esa test natijasini o‘zgartirish uchun o‘z biomaterialidan foydalangani aniqlangan.

Sheldon ham, Robert ham o‘zlariga qo‘yilgan firibgarlik ayblovini tan olgan hamda mos ravishda 50 va 33 haftalik qamoq jazosiga tortilgan.