16.11.2026
Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 22-uy
Sport

FIFA jahon chempionatida 64 ta terma jamoani ko‘rmoqchi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta terma jamoagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda tashkilot prezidenti Janni Infantino Bluewin nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Jahon chempionatini tashkil etishda nafaqat Yevropa va Janubiy Amerika, balki butun dunyo manfaatlarini hisobga olish muhim. Har bir mamlakat jahon chempionatida ishtirok etish orzusini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», degan u.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixda birinchi marta 32 ta emas, balki 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Yangi format tufayli musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar geografiyasi kengaydi va qo‘shimcha 40 ta o‘yin qo‘shilib, jami uchrashuvlar soni 104 taga yetdi.